Muzin » Музыка » Imron - Afv et » Текст трека

Teкст песни Imron - Afv et

Avf et ko'zim ko'zinga qo'nib
Hushlaringni bezovta etsa
Nigohlarim bilib bildirmay
Tushlaringni bezovta etsa
Kechir bo'lsam hayollaringni
O'g'irlasa o'g'ri so'zlarim
Koyima qo'y oyoqlaringni
Tortaversa mening izlarim
Allaqachon singib bo'lganman
Butun boru bo'lagingacha
Sen qochmoqchi bo'layotgan yo'l
Yuragimdan yuragingacha
To'qnash kelsang g'ururing bilan
Tovoningni kuydirmasin cho'g'
Sen shunchaki xotirlayapsan
Qo'rqma meni o'ylaganing yo'q
Kechir avf et mazur tut agar
Eplay olsang sevgini o'ldir
Ilojini topolmasang gar
Balki qochish eng to'g'ri yo'ldur

Здесь Вы сможете узнать слова песни Afv et от исполнителя Imron, а также скачать или прослушать сам трек.

Слушать трек
Скачать в mp3